Bugun tashqi iqtisodiy faoliyat fanidan amaliy mashg’ulot bo’ldi. O’yin o’ynadik. O’yinning nomi „So’nggi qahramon )))) tag’in o’ylamagin tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari orasidagi so’nggi qahramonmi deb! :D bu o’yinning umuman fan bilan aloqador joyi yo’q edi. Gruppamizdagi har bil talaba kichkina qog’ozga o’yindan chiqib ketishini istagan kursdoshini ismini yozib, tagiga esa sababini ham ko’rsatishi kerak ekan. Albatta bu hammasi yashirin yo’l bilan bajariladi. Hullas hamma yozib bo’lgandan keyin domla qog’ozchalarni yig’ib oladi va birma bir o’qib beradi. Kimning ismi eng ko’p chiqqan bo’lsa, u o’yindan chiqib ketadi.
Qog’ozchalarga kursdoshlarni ismlari va shuncha jinnicha „sabablar“ yozilgan ediki! Domla o’qib beraverdi, biz esa rosa kuldik.
D – chiqib ketsin, chunki uning bahosi bor uje
A – qachon sochingni oldirasan?
A – chunki u shamollagan
A – kecha shamollagan edi, hali ham asoratlari qolibdi
Z – pochchamni hafa qilmayapsizmi?
M – qaynonangiz sizni kutib o’tiribdi
Laylo – chunki u darslarga kam keladi
Z – iflos
O – uning boshqa tashkiliy ishlari bor
M – o’zi o’yindan chiqqisi kevotti
Laylo – erta kelgan erta ketadi
D – sizga javob!
S – sababi yo’q, ko’zim birinchi shu bolaga tushdi
Laylo – sizni sevaman
F – harakatingiz juda ham kam
F – harakteri juda ham sirli
Laylo – menga hiyonat qildi
A (o’g’il bola) – men sizni sevaman, lekin qizlar sizni yoqtirishmaydi

:D juda ham kuldik. Lekin bu o’yin unchalik yaxshi emas ekan. Man hozir esimda qolganlarni yozdim, u yerda boshqalarni hafa qiladigan gaplar ham bor edi.